Pokistonda yo‘lovchi poyezdi portlatildi

Foto: ABC News
Pokiston janubi-g‘arbida, Kvettdan Ravalpindiga harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdida kuchli portlash ro‘y berdi.
ABC News xabariga ko‘ra, kuchli portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lib, 19 kishi kishi turli darajada jarohatlangan.
Aniqlik kiritilishicha, bomba poyezd Belujiston viloyati hududidagi Maha qishlog‘i yaqinidan o‘tayotganda portlagan.
Pokiston temir yo‘l vaziri Havaj Saad Rafiq bu hodisani terakt sifatida baholagan.
Hozircha hech bir tashkilot ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid

08:20 / 30.06.2025
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

19:58 / 27.06.2025
Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

00:06 / 22.06.2025