Sobiq militsiya xodimi 47 ayolning o‘limida ayblanmoqda

Angarsklik sobiq militsioner Mixail Popkovga 25 epizod bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqida Rossiya tergov komissiyasining Irkutsk viloyati matbuot xizmati xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Popkov bundan avval 22 nafar ayolning o‘limida ayblanib, umrbod qamoq jazosini olgan bo‘lgan. Biroq 2015 yilning yanvarida Popkov yana 20 kishining o‘limiga iqror bo‘lgan.
"Umumiy hisobda Popkovga 47 qotillik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan", - deya xabar berildi idorada.
Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq militsionerga nisbatan hukm kuchga kirmadi. Hozirda tergov yangi ishni ko‘rib chiqmoqda, shu bois u Irkutskdagi tergov izolyatorida.
Mintaqa huquq-tartibot organidagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, Popkov hozirga qadar 59 qotillikni tan olgan.
Mavzuga oid

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:26 / 29.05.2025
54 kun qidirilgan murda: navoiylik oshiq-ma’shuq qotillar

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

16:51 / 22.05.2025