Barak Obama ijtimoiy tarmoqlarni siyosiy xavf deb o‘ylamoqda

Foto:twitter.com/@thehill
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama 24 aprel kuni Donald Tramp Oq uyni egallaganidan so‘ng ilk marta omma oldida chiqish qildi. Obama Chikago universiteti yoshlari bilan uchrashdi.
Chikago universitetining majlislar zalida demokrat Obamani 6 nafar siyosiy faol talaba, zal to‘la tomoshabin va jurnalistlar kutib turgan edi.
Obama va majlisga taklif etilgan talabalar qulay o‘rindiqlarga o‘tirib, AQShdagi hozirgi siyosiy vaziyat hamda mamlakat istiqboli haqida fikr almashishdi.
Obama o‘zining kirish so‘zidayoq maqsadga o‘ta qoldi. U kelgusida nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytdi.
«Men uchun yangi ish joyimda eng muhim bo‘lgan narsa nima? Ishonamanki, eng muhim tashabbuslardan qat'i nazar, men eng asosiy narsani hal qilishni istayman, u ham bo‘lsa, dunyoni mustaqil ravishda o‘zgartira oladigan yangi avlod yetakchilarini yetishtirishdir», — degan sobiq prezident.
Shu bilan birga, Obama Donald Tramp tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni izohlamaslikka qaror qildi. U, shunchaki, AQShda zudlik bilan choralar ko‘rilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni sanab o‘tdi: iqtisodiy notenglik, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga yetishish uchun qo‘yilgan cheklovlar, sud tizimi islohoti, iqlim o‘zgarishi va agressiv kayfiyatlarning o‘sishi.
«Bularning barchasi jiddiy, lekin hal qilish mumkin, — degan Obama. — Ushbu muammolarni hal etishga xalaqit qilayotgan yoki to‘xtatayotgan jarayonlarni siyosiy hayot va fuqarolik jamiyatida qidirish kerak». Uning fikricha, Amerika hokimiyati manfaatlar to‘qnashuvi va shaxsiy orzu-istaklardan voz kecha olmayapti. Bu esa davlatning umumiy maqsadlar yo‘lida ishlashiga to‘siq bo‘lmoqda.
Chikago universitetida chiqish qilgan Obama u bilan hisoblashish zarur bo‘lgan muhim shaxs ekanini namoyish etdi. Politico jurnalining saytida olib borilgan jonli efir chog‘ida Obama chiqishiga 6 mingdan ortiq “yoqdi” tugmasi bosilgan bo‘lsa, 300 mingdan ortiq kishi bevosita tomosha qilgan. Trampning jonli efirlarini esa, ijtimoiy tarmoqlarda 100 mingdan ortiq kishi ko‘rmaydi.
Obama, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar xususida keskin fikrlarini bildirdi.
«Bu siyosat, jamiyat va OAVning birgalikdagi muammosidir. Odamlar boshqa narsani eshitishni xohlashmaydi. Ular faqat to‘g‘ri deb hisoblagan narsani tinglashni xohlaydi, — degan sobiq prezident. — Ular esa, buning o‘rniga, faqat Fox News yoki CNN, yoxud mushuklar olingan videoni ko‘rishadi».
Garchi, Obama bayonoti hazilomuz bo‘lsa-da, siyosiy texnologiyalarni qabul qilishdagi fikri o‘zgarganini bildiradi. U 10 yil muqaddam aynan internet-texnologiyalar uni prezidentlikka olib kelganini unutgan ko‘rinadi. 2008 yili aynan ijtimoiy tarmoqlar, siyosatchining saylovoldi kampaniyasida asosiy rol o‘ynagandi. Obama Twitter va Facebook tarmoqlaridan faol foydalanish natijasida ozodlik va adolatni ilgari surayotgan siyosiy yulduzga aylangandi.
Endilikda, ijtimoiy tarmoqlar Demokratik partiyaning asosiy maydoni hisoblanmaydi, shunga ko‘ra, internetning siyosiy ta'sir jihatidan keng qamrovli ekani Obamani ham xavotirga solayotganga o‘xshaydi.
Sobiq prezident ma'ruzasini yakunlar ekan, yengil giyohvand moddalarni iste'mol qilmaslikni hamda haddan ortiq ko‘p selfiga tushmaslikni maslahat berdi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59 / 13.06.2025