Yuqorichirchiqda mahalla raisi pora olayotgan vaqtda ushlandi
Joriy yilning 30 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yuqorichirchiq tumani “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘.X. fuqaro D.K.dan 500 ming so‘m miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
Muqaddam D.K. prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilib, qonuniy ajrashish uchun fuqarolik sudiga taqdim etishi kerak bo‘lgan ayrim hujjatlarni tayyorlab berish evaziga “Istiqbol” mahallasi raisi G‘.X. undan pora talab qilayotganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Yuqorichirchiq tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

08:26 / 19.06.2025
DXX ta’lim sohasida poraxo‘rlik holatini aniqladi

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

15:27 / 09.06.2025