Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi

Foto: Facebook/ShehabAgency
Isroil harbiy-havo kuchlari HAMASning G‘azo sektoridagi «dengiz politsiyasi» pozitsiyalariga zarba berdi. Bu haqda The Jerusalem Post Falastin OAVga asosan xabar qilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi portga hujum natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Ta'kidlanishicha, Isroil HAMASning bir nechta harbiy obektlariga ham aviazarba bergan.
Halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Al-Quds ishlari bo‘yicha vazir Zeev Elkin G‘azo sektorida o‘nlab falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan to‘qnashuvlar va AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

08:07
Isroil G‘azo janubidagi Xon-Yunus aholisi evakuatsiyasini talab qilmoqda

07:44
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi

07:41
BMT: G‘azoda atigi 4,6 foiz foydalanishga yaroqli ekin maydoni qoldi

19:39 / 02.07.2025