Tramp maxsus prokuror Myuller bilan qanday shartda uchrashishi aytildi

Foto: DPA
AQSh prezidenti Donald Tramp advokati Rudolf Julianining ma'lum qilishicha, mamlakat yetakchisi Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi bo‘yicha ish yuzasidan surishtiruvlar olib borayotgan maxsus prokuror Robert Myuller bilan uchrashishi mumkin. Bu uchrashuv qisqa vaqt davom etadigan bo‘lsa, yuz beradi, deb xabar qilmoqda ABC News.
«Agarda ular bizni bu muloqot qisqa, taxminan besh yoki olti banddan iborat bo‘lishiga ishontira olishsa, unda biz ham bunga rozi bo‘lishimiz mumkin», - deya aytib o‘tdi Juliani.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Myullerga intervyu berishga tayyor, biroq, uning advokatlari buni qilmaslikni maslahat bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampni «Al-Qoida» yetakchisi bilan taqqoslashgandi.
Mavzuga oid

21:06 / 03.06.2025
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

18:09 / 03.06.2025
Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

16:45 / 03.06.2025