Pokistonning sobiq bosh vaziri yurtiga qaytishi bilan hibsga olindi

Foto: getty images
Pokistonning Laxor shahri aeroportida mamlakatning sobiq bosh vaziri Navoz Sharif va uning qizi hibsga olindi.
Politsiyachilar ulardan pasportlarini olib qo‘yishgan va turmaga olib ketishgan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Avvalroq Sharif va uning qizi Maryam Pokiston sudi tomonidan sirtdan 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
Sharif “Panama hujjatlari”da uning oilasi haqida ma'lumotlar borligi sababli iste'foga chiqqan. Hujjatlarda aytilishicha, Sharifning o‘g‘illari Hasan va Husan hamda qizi Maryam Londonda qimmatbaho uylar xarid qilgan. Pokistonda uylar noqonuniy yo‘l bilan xarid qilingani gumon qilingan.
Mavzuga oid

08:20 / 30.06.2025
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam

16:35 / 28.06.2025
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

19:58 / 27.06.2025
Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

00:06 / 22.06.2025