Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahongir Ortiqxo‘jayevga Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish loyihasi taqdim etildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi.
«Miratec kompaniyasi Sergeli avtomobil bozorini ko‘chirish bo‘yicha loyihani taqdim etdi, uning doirasida yangi avtobozorni zamonaviy standartlar va mezonlarga muvofiq yangi maydonchada tashkil etish taklifi berildi», - deya xabar qilishgan poytaxt hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashidan.
Ushbu loyiha bo‘yicha asosiy investor - Miratec kompaniyasi. Uning direktori Dilshodxon Mansurxonovning so‘zlariga ko‘ra, loyihani koreyalik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda, bu Jahongir Ortiqxo‘jayevda qiziqish uyg‘otgan. Investor yaqin kelajakda moliyaviy hisob-kitoblar to‘g‘risida ma'lumotni taqdim etishi kerak.
Avvalroq, «Sergeli» avtomobil bozorini Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirish rejalashtirilayotgani xabar berilgandi. Toshkent hokimi boshqa yirik bozorlarni ham shahardan tashqariga ko‘chirish va ularni biznes bilan birga boshqarishni taklif qildi.
Mavzuga oid

10:41 / 19.07.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

23:10 / 28.06.2025
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi

11:30 / 25.06.2025
Sergelida ikkita avtomobil yonib ketdi

18:09 / 08.06.2025