Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng tez ishlovchi smartfon ishlab chiqarildi

Foto: Richard Lai/Engadget
Iqoo subbrendiga egalik qiluvchi Vivo kompaniyasi sotuvga Iqoo Monster deb nomlangan yangi smartfonni chiqardi. Bu smartfon mobil qurilmalar unumdorligini baholovchi AnTuTu saytida rekord miqdordagi 407 ming ball to‘pladi.
Qurilma AnTuTu’ning 1-o‘rinni Xiaomi Mi9 egallagan fevraldagi reytingiga kiritilmagan, chunki u mart oyida anons qilingan. Ko‘rinishicha, yangi qurilma mart oyida ro‘yxatga yetakchilik qiladi.

Iqoo Monster smartfoni Snapdragon 855 protsessorida ishlab, maksimal versiyasida 12 Gb tezkor xotira va 256 Gb ichki xotiraga ega, NFC chipi va 4000 mA-soatlik akkumulyator, 6,41 dyuymli ekran bilan jihozlangan.
Smartfon dizaynidagi o‘ziga xos jihati orqa tomoni bo‘ylab ketgan yorug‘lik-diodli chizig‘i hisoblanadi.

Ma'lum qilinishicha, smartfon tezkor quvvatlagich evaziga 45 daqiqada to‘liq quvvatlanishi mumkin. Smartfonning uchlangan kamerasi suratga olish sifati 13 Mpni tashkil qiladi.
Qurilmaning eng minimal ko‘rsatkichlarga ega versiyasi narxi Xitoyda 2999 yuanni (455 dollar atrofida) tashkil qiladi. Eng maksimal versiyasiga esa 4299 yuan (650 dollar) to‘lashga to‘g‘ri keladi.
iQoo monster version pic.twitter.com/87vyVbQkUc
— I_Leak_VN (@I_Leak_VN) March 2, 2019
Mavzuga oid

23:43 / 18.07.2025
Tramp Putin va Si bilan Xitoyda, Ukraina bo‘yicha «dedlayn» kunida uchrashishi mumkin

22:58 / 18.07.2025
YeI birinchi marta Xitoy banklariga Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar kiritdi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

12:30 / 17.07.2025