Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan qutulib, kundalik hayotga qaytayotgan Uhan - fotoreportaj
SARS-CoV-2 koronavirusi tarqalishni boshlagan Xitoyning Uhan shahrida 19 martdan boshlab virusni yangi yuqtirish holati birorta ham qayd etilmayapti.
8 aprel kuni Uhanda karantin bekor qilinadi: kirish-chiqish ochiladi, biroq ta'lim muassasalari avvalgidek yopiqligicha qoladi. Kundalik hayotga qaytayotgan Uhan haqida RBK fotogalereya e'lon qildi.

Uhanga kirish va chiqish uchun ruxsat kutayotgan avtomobillar. 24 mart kuni Hubey provinsiyasi hokimiyati tibbiy tekshiruvdan o‘tgan insonlarga ikki oy ichida ilk marta shaharni tark etishga ruxsat berishdi. Uhanda transport cheklovlari 8 aprelda bekor qilinadi.

Dongfeng Fengshen avtomobil zavodi xodimlari tushlik vaqti. Dongfeng Passenger Vehicle Company profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga muvofiq, ishlab chiqarishni tikladi. Uhan yaqinda avto ishlab chiqaruvchilar va ehtiyot qism yetkazib beruvchilarga ishni boshlashga ruxsat berdi.

25 mart kuni Uhanda avtobus qatnovi qisman tiklandi. Yo‘lovchilar maska taqqan bo‘lishlari, avtobus va metrolarga o‘tirishdan avval haroratlarini o‘lchatishlari kerak.

Uhan ko‘chalaridagi ishchilar

Shahar savdo byurosi do‘konlarga ishni boshlashga ruxsat berdi. Har bir oila do‘konga bir kishini jo‘natishi mumkin, xaridorning do‘kon aylanishga sarflagan vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak.

Uhandagi ko‘prik qurilishi ham qayta tiklandi.

Metro ish boshlashga tayyorlanmoqda.

Swire Coca-Cola Beverages Hubei Limited kompaniyasi ishlab chiqarish liniyasi xodimi. 15 mart kuni mahalliy hokimiyat kompaniyaga ish boshlashga ruxsat berdi.

Ishchilar va tibbiyot xodimlari Guangdong privinsiyasidan kelgan va uyiga qaytayotgan vrachlar bilan xayrlashmoqda.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025