Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram'dan o‘zbek tilida foydalanish imkoniyati yaratildi
Hozirda messenjerning Android va iOS tizimlarida ishlovchi oxirgi versiyalarini o‘rnatish orqali ilovani o‘zbek tiliga o‘tkazish mumkin. Telegram Desktop ham tez orada bunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

Interfeysni o‘zbekchaga o‘zgartirish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarish zarur:
Settings → Language → O‘zbek
Nastroyki → Yazyk → O‘zbek
Istalgan kishi tarjimalar platformasi orqali Telegram'ning o‘zbekcha talqinini mukammallashtirishga ko‘maklashishi mumkin.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer sanaluvchi Telegram`ning faol foydalanuvchilari soni 2018 yil mart oyi holatiga ko‘ra 200 milliondan ziyodni tashkil etgan. 2017 yil avgustida ilova asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilar soni kuniga 600 ming kishidan oshib borayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025