Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi
2020 yil yanvarda Vashington prokuraturasi Trump Organization va prezident inauguratsiyasi qo‘mitasiga nisbatan da'vo qo‘zg‘atgandi.

Foto: EPA
Vashington prokuraturasi AQSh prezidenti Donald Trampning qizi va maslahatchisi Ivanka Trampni 2017 yilda inauguratsiya fondidagi mablag‘larning o‘zlashtirilishi ishi bo‘yicha so‘roq qildi. Gap bir million dollardan ortiq mablag‘ haqida ketmoqda, deb yozadi CNN.
Xabar qilinishicha, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish da'vosi bo‘yicha so‘roq 1 dekabr kuni o‘tkazilgan.
2020 yil yanvarda Vashington prokuraturasi Trump Organization va prezident inauguratsiyasi qo‘mitasiga nisbatan da'vo qo‘zg‘atgandi. Prokurorlarning ta'kidlashicha, ular bir million dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani, inauguratsiya o‘tkazishda foydalanilgan Trump Hotel mehmonxonasi ijarasi uchun ortiqcha pul to‘langanligini aniqlashgan.
Prokuratura Ivanka Tramp, birinchi xonim Melaniya Tramp, inauguratsiya qo‘mitasi rahbari Tom Barrak va inauguratsiya qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Rika Geytslardan hisobot so‘ragan.
So‘roqlar kelgusi haftada davom ettiriladi.
Avvalroq Nyu-York bosh prokurorini Ivanka Trampning olgan gonorarlari qiziqtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:40
“IELTS’dan 9 ball, SAT’dan 1600 ball” - Jons Hopkinsdan 380 ming dollarlik grant yutgan Boburjon Baxtiyorov hikoyasi

22:29 / 28.06.2025
Detroytda vertolyotdan pul sochildi

17:35 / 28.06.2025
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

15:19 / 28.06.2025