Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiariq tumani hokimligi binosida yong‘in sodir bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumani hokimligi binosida yong‘in chiqqanligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Foto: Oltiariq tumani hokimligi
Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 24 noyabr kuni soat 11 lar chamasida tuman hokimligi binosining uchinchi qavatida joylashgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi faoliyat olib borayotgan xonada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida binodagi 10 kvadrat maydonga zarar yetgan bo‘lib, yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Yong‘indan jarohat olgan va jabrlanganlar aniqlanmagan. Yong‘in sodir bo‘lgan xonada ish faoliyati qayta tiklangan. Fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va blogerlardan ushbu voqeaga xolis yondashib, turli noto‘g‘ri ma'lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz - deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.
Avvalroq tuman hududida “Lacetti” va “Nexia 3” ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, buning oqibatida “Nexia 3” haydovchisi avtomobilda yong‘in kelib chiqqani sabab vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

11:02 / 19.07.2025
Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025