Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi binolar yoshini aniqlash imkonini beruvchi platforma ishga tushdi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishga tushirilgan Age Tashkent loyihasi orqali tanlangan vaqt oralig‘ini yoki aniq yilni qo‘llagan holda poytaxtdagi binolarning yoshini aniqlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Loyihadan foydalanish bo‘yicha oddiy yo‘riqnoma: xaritada sizni qiziqtirgan binoni toping, unga bosing va kerakli ma’lumotlarga – qurilish sanasi, binoning turi (turar joy binosi, ma’muriy bino) va boshqa ma’lumotlarga ega bo‘ling», - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, qurilgan yiliga qarab barcha binolar turli ranglarda belgilangan.
«Ekranning o‘ng qismida berilgan diapazondagi, masalan, 1944 va 1998 yillar oralig‘ida qurilgan binolarni ko‘rsatib turuvchi «gradusnik» joylashgan. Binolarning rangi ham tasodifan tanlangan emas. Qadimgiroq binolar to‘kiluvchi materiallar – ular qurilishida qo‘llanilgan somon va loy rangida aks ettirilgan. Sobiq SSSR davrini olovrang va qizil rang aks ettirsa, 1966 yildagi yer qimirlashidan keyin paydo bo‘lgan metro ko‘k rangda namoyon bo‘ladi. Mustaqillik yillariga och havorang belgi bo‘lsa, yangi O‘zbekiston davri yashil rangda bo‘yalgan».
Binoning yoshi yoki boshqa ma’lumotlarida xatolik mavjud bo‘lsa, u haqida qayta aloqa orqali ma’lumot berish mumkin. Bu orqali dasturchilar ma’lumotlar bazasini takomillashtiradi.
Ekranning chap qismidagi qulf belgisi esa «Sirli xonani» ochib, u Toshkent chegaralarini yilidan kelib chiqib, ko‘rsatib beradi. Unda barcha tumanlar, shahar atrofidagi qal’a devori, 12 ta darvoza, shuningdek, madaniy meros obektlarining arxeologik hamda ko‘chalarning zamonaviy nomlari ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

09:05
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025