Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 6,5 foizga o‘sdi
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 359,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi. Asosiy savdo yo‘nalishlari – Rossiya, Pokiston, Xitoy va Qozog‘iston.
2023 yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 256,1 million dollarga teng bo‘lgan 359,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,5 foizga ko‘p.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillariga ko‘ra, meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni mosh – 13,7 foiz, mayiz – 10,4 foiz, quritilgan qora olxo‘ri – 7 foiz, pomidor – 6,1 foiz, karam – 5,1 foiz, yangi uzilgan uzum – 4,3 foiz, piyoz – 4,3 foiz va anor – 3,3 foiz egallaydi.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 3,3 foizni tashkil etgan. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,4 foiz), Pokiston (20,6 foiz), Xitoy (16,3 foiz), Qozog‘iston (13,9 foiz), Afg‘oniston (2,4 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz), Belarus (2 foiz), Turkiya (1,9 foiz), Iroq (1,5 foiz) va Eron (1,2 foiz) hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025