Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Hizbulloh»ni Isroil va HAMAS ziddiyatiga aralashmaslikka chaqirdi
Qo‘shma Shtatlar mojaroning Livanga tarqalishini istamasligini ta’kidlamoqda.

Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Livandagi «Hizbulloh» shia harakatini Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasidagi ziddiyatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmaslikka chaqirdi. Bu haqda The Times of Israel nashriga tayanib Interfax yozdi.
«Biz va hamkorlarimiz aniq aytamiz: «Hizbulloh» va boshqalar, davlat va nodavlat kuchlar davom etayotgan mojarodan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmasligi kerak», deb iqtibos keltirdi nashr AQSh Xavfsizlik kengashining nomi oshkor etilmagan vakili so‘zlaridan.
«Vaziyat 2006 yilda Isroil va Livan o‘rtasidagi qonli urushdan ham jiddiyga aylanib ketishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar mojaroning Livanga tarqalishini istamaydi», dedi u.
4 noyabr kuni «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh G‘azo sektoridagi mojaro mintaqaviy urushga aylanib ketishining oldini olish uchun imkon qadar tezroq to‘xtatilishi kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u harakat rahbariyati barcha variantlarni ko‘rib chiqayotganini va HAMAS harakati Isroilga hujum qilgach, «Hizbulloh» ham Isroilga qarshi jangga kirib, uning armiyasini G‘azo sektoridan chalg‘itganini ta’kidladi.
Mavzuga oid

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

22:46 / 29.07.2025
Isroil G‘azodagi vaziyatni o‘nglamasa, Britaniya Falastin davlatini tan oladi

21:22 / 29.07.2025