Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi
2025-2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

“Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyish bilan 2025-2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:
🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025-2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026-2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027-2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028-2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
▪️ 2025-2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026-2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027-2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028-2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
Mavzuga oid

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

07:20 / 09.03.2024
O‘tgan o‘quv yilida qancha xotin-qizlar magistr diplomini olgani ma’lum bo‘ldi

11:18 / 01.09.2023
Ayriliq bo‘sag‘asidagi egizaklar

17:07 / 21.08.2023