Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi
Oq uy rahbari The Wall Street Journal gazetasi va uning egalarini o‘ziga tuhmat qilganlikda, moddiy va ma’naviy zarar yetkazganlikda aybladi.

Foto: REUTERS/Nathan Howard
AQSh prezidenti Donald Tramp The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi va uning egalari ustidan sudga 10 milliard dollarlik da’vo arizasi berdi. Reuters xabariga ko‘ra, bunga Trampning go‘yo moliyachi Jyeffri Epshteynga yuborgan behayo rasmli maktubi haqidagi maqola sabab bo‘lgan.
18 iyul kuni Mayami federal sudiga berilgan da’vo arizasida mediamagnat Rupert Merdok, WSJ nashri egasi Dow Jones agentligi, News Corp va uning bosh direktori Robert Tomson, shuningdek, WSJ jurnalining ikki muxbiri javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Da’vo arizasida aytilishicha, ular Trampga tuhmat qilib, katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazgan.
Da’voga WSJ nashrida e’lon qilingan maqola sabab bo‘lgan, unda aytilishicha, 2003 yilda Tramp Epshteynning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan yalang‘och ayol surati tushirilgan maktub yo‘llagan. Xatda «Tug‘ilgan kuningiz bilan va har bir kuningiz yana bir ajoyib sirga aylansin» so‘zlari, shuningdek, «Donald» imzosi bo‘lgan deb ta’kidlanadi maqolada.
Da’vo arizasida aytilishicha, maktub soxta bo‘lgan, WSJ esa Trampning obro‘siga putur yetkazish uchun ushbu maqolani chop etgan.
«Biz maqolalarimizning aniq va asosli ekaniga to‘liq ishonamiz va har qanday sud da’volaridan o‘zimizni qat’iy himoya qilamiz», deb ta’kidladi Dow Jones agentligi da’vo arizasi haqidagi xabarga javoban.
Reuters nashrining ta’kidlashicha, tuhmat bo‘yicha 10 mlrd dollarlik da’vo arizasi juda katta miqdor va tarixda bunday da’volar bo‘lmagan.
Jyeffri Epshteyn 2019 yil iyul oyida voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lish va guvohlarni ehtimoliy sotib olishda ayblangan edi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u 2002-2005 yillarda o‘z boyligi va ta’siridan foydalanib, Manhetten va Floridadagi qasrlarida voyaga yetmagan o‘nlab qizlarni fohishalikka og‘dirgan. Bir oy o‘tgach, u Nyu-Yorkdagi qamoqxona kamerasida o‘lik holda topildi. Uning o‘limi o‘z joniga qasd qilish deb tan olindi.
Mavzuga oid

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

18:48 / 19.07.2025
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi

14:13 / 19.07.2025
Germaniya Patriot tizimlarini olish uchun navbatda birinchi bo‘lib turibdi

08:41 / 19.07.2025