Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili: mening sa'y-harakatlarimsiz Yatsenyuk hali ham bosh vazir bo‘lardi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilining aytishicha, uning jamoasi ishi evazigagina Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan iste'foga ketdi. Bu haqda "112 Ukraina" xabar bermoqda.
"Agar men Ukraina miqyosida hech narsa qilmaganimda, Yatsenyuk hali ham bosh vazir bo‘lardi", deb aytdi Saakashvili.
Saakashvilining aytishicha, Yatsenyukni parlament va prezident ma'muriyati ichidagi "til biriktirishlar" emas, balki Saakashvili va uning safdoshlari yaratgan hamda u bilan butun Ukrainani aylanib chiqishgan "Tozalash uchun harakat" olib tashladi.
Saakashvilining ta'kidlashicha, u o‘zining ishidan faqat yarmigagina ko‘ngli to‘lgan, chunki Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov hamon o‘z lavozimida qolmoqda. "Korruptsion aloqalar qoldi, "o‘zaro til biriktirishlar" qoldi", deb aytdi Saakashvili.
Avvalroq Saakashvili uning sobiq partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini va shundan keyin Gruziyaga qaytishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid

07:45
YeI Ukraina budjetiga 19 mlrd yevroni yo‘naltirish imkonini izlamoqda

07:13
Makron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

21:14 / 09.07.2025