Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida o‘zingizni sog‘lom his qilishingiz uchun 10ta foydali maslahat

Ramazon oyiga sanoqli kunlar qolmoqda. Bu oyda ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalidir, agar bu to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, albatta; agar aksi bo‘lsa, u organizmga zarar yetkazishi ham ehtimoldan xoli emas.
Uzoq vaqt taomlanmagan inson iftor payti kelganda, haddan ortiq ko‘p ovqat yeb, sog‘lig‘iga putur yetkazib qo‘yishi hech gap emas. Shu bois ushbu oyda ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etishga harakat qiling.
Quyida e'tiboringizga Ramazon oyida o‘zingizni yaxshi his etishingiz uchun ba'zi tavsiyalarni havola qilamiz:
1. Taomlanishni quritilgan xurmo mevasi bilan boshlang, chunki u shakarning muhim manbai hisoblanadi. Ko‘p soatlar och yurganingizdan so‘ng u ichakdagi harakatlarni tartibga soladi. Quritilgan xurmo mevasi magniy va kaliyga boy bo‘ladi.
2. Bu yil Ramazon yozning jazirama kunlariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois siz iftordan keyin yetarli miqdorda suv ichishni nazorat ostiga olishingiz kerak. Tun davomida o‘rtacha 8 stakan suv ichish maqsadga muvofiqdir.
3. Sho‘r yeguliklardan saqlaning - sho‘r danaklar, sho‘r bodring, konservalangan yoki qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari shular jumlasidandir. Sho‘r yeguliklar ro‘za paytida kishilarning tez-tez chanqashiga sabab bo‘ladi.
4. Ovqatni sekin iste'mol qiling. Quritilgan xurmo bilan boshlab, ketidan suv iching, keyin suyuq ovqat, undan so‘ng salat bilan quyuq ovqat. Ketma-ketlikka rioya qiling, chunki noto‘g‘ri ovqatlanish qorinda yoqimsiz og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ramazon oyida ko‘pchilik kishilar noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida muammolarga duch kelishadi.
5. Iftorlikda don mahsulotlari, oqsil, meva va sabzavotlar o‘rin olishi kerak.
6. Yog‘siz go‘sht, tovuq go‘shti, baliq, ma'lum bir miqdorda zaytun yog‘i taom asosi bo‘lsa, ovqat hazm qilishda muammolar yuzaga kelmaydi. Yog‘li taomlardan ehtiyot bo‘ling. Kolbasa va go‘sht mahsulotlari, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boyligi yodingizdan chiqmasin. Ular kishilarni to‘q tutadi.
7. Shirinlik mahsulotlarini iftordan 2-3 soat o‘tib iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Shunda ham ular me'yorida bo‘lishi kerak, chunki haddan ziyod shirinliklar iste'moli insonni tez chanqatadi.
8. Qahvani cheklang. Agar siz qahvaxo‘r bo‘lsangiz, yaxshisi bu odatingizni muborak oy kirmay turib tashlang, shunda bosh og‘riq va uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz.
9. Uch marotaba taomlanishni odat qiling: iftor, kechki yengil ovqatlanish va saharlik. Shundagina organizmingizga ziyon yetkazmaysiz, iftordan keyin tinmay yeyish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.
10. Jismoniy mashq bilan shug‘ullaning - bu Ramazon oyida foydadan xoli bo‘lmaydi. Iftordan 1-2 soat o‘tganda sport bilan shug‘ullanish sog‘lom vazn hamda sog‘lom turmush tarzining garovini belgilab beradi.
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025