Jahon | 18:23 / 18.07.2016
5566
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya 2020 yilda qora tuynuklarni o‘rganuvchi yangi sun'iy yo‘ldoshni uchiradi

Foto: © AP

Yaponiyaning aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAKSA) fazodagi “qora tuynuk”larni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi sun'iy yo‘ldoshni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. U, fazoga ko‘tarilganidan bir oy o‘tgach ishdan chiqqan "Xitomi" qurilmasini almashtirishi kerak. Yangi uskuna 2020 yilda uchirilishi kutilmoqda. 

JAKSA vitse-prezidenti Saku Tsunetaning aytishicha, yangi sun'iy yo‘ldoshni ishlab chiqishda "Xitomi"ning buzilishiga sabab bo‘lgan barcha xatolar e'tiborga olinadi. 

Endilikda, yapon mutaxassislari sun'iy yo‘ldoshni boshqarishning texnik imkoniyatlarini yaxshilashi lozim. Bu esa, ularning fazoviy chiqindilar bilan to‘qnashib ketishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 

 

Mavzuga oid