Jahon | 10:22 / 19.08.2016
3428
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Keniya, Nigeriya va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Keniya, Nigeriya va Saudiya Arabistoniga tashrif uyushtiradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bergan.

AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbining ma'lumotiga ko‘ra, turne 22-25 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, Kerri Saudiya Arabistonida Yaman va Suriyadagi vaziyatni muhokama etadi. Keniya va Nigeriyada esa Janubiy Sudan hamda terrorizmga qarshi kurash masalasi muhokama mavzusi bo‘ladi.

Bundan oldinroq Jon Kerri 21 avgust kuni Turkiyada bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid