Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniyalik amaldorlar ofislariga bormay, Starbucks qahvaxonalarida ishlamoqda

Buyuk Britaniyani Yevroittifoq tarkibidan chiqishini tashkillashtirgan britaniyalik amaldorlar hamon o‘z ofislariga borishmayapti va Starbucks qahvaxonalarida majlislar o‘tkazishmoqda. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, davlat xizmatchilari bilan uchrashish uchun Viktoriya-stritdagi qahvaxonaga tashrif buyurishga to‘g‘ri keladi.
Nashr Brexit’ning ilk natijalarini tahlil qiladi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey YeIdan chiqish masalasini ko‘ruvchi vazirlik va xalqaro savdo vazirligi tuzishga ko‘rsatma bergan edi. Ammo har ikki tashkilot ham cheklangan vakolatda ishlay boshladi.
The Guardian’ning ma'lum qilishicha, YeIdan chiqish yaqin kunlarda amalga oshmaydi. Bunga ma'lum sabablar bor. Ayrim mulohazalarga ko‘ra, «to‘liq Brexit» 10 yillab vaqt olishi mumkin.
Mavzuga oid

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025