Dilma Russeff Braziliya prezidenti lavozimini o‘z ixtiyoricha tark etmasligini ma'lum qildi

Foto: © EPA
Braziliya prezidenti lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Dilma Russeff iste'foga o‘z ixtiyoricha ketmasligini ma'lum qildi.
"Menda iste'foga ketishga zarracha istak yo‘q. Men siyosiy raqiblarimga bunday sovg‘a qilmayman", deb aytdi Russeff.
Avvalroq Russeff o‘z mandatini saqlab qolishga kurashishini aytgandi. "Meni o‘z ixtiyorimcha lavozimimdan ketish haqida so‘rashdi, ko‘ndirishga harakat qilishdi va hattoki bosim o‘tkazishdi. Biroq men buni hech qachon qilmayman, bilasizmi nega? Chunki menga xalq 54 mln ovoz bergan", deb aytgandi Russeff San-Pauluda tarafdorlari bilan uchrashuvda.
10 avgustda Braziliya parlamenti yuqori palatasi – Federal senat Russefning impichmenti jarayoni davom ettirilishi uchun ovoz bergandi.
Impichmentning yakuniy bosqichi 25 avgustda boshlanadi.
Mavzuga oid

17:24 / 08.06.2025
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

14:45 / 22.05.2025