Jamiyat | 15:41 / 23.08.2016
11840
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinlik baliqchi narxi 100 mln dollar turadigan marvaridni 10 yil davomida asrab keldi

Filippinlik baliqchi bundan 10 yil muqaddam Palavan oroli qirg‘oqlaridan narxi 100 mln dollar turadigan 34 kilogrammli marvaridni topib oldi va uni tumor sifatida 10 yil mobaynida uyida saqladi.

Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, baliqchi marvaridning narxi haqida uyida yong‘in chiqib, Puerto-Prinses shahrining turizm masalalari bo‘yicha boshqarmasi xodimlari kelgachgina bildi.

Tashkilot xodimi Eylin Sinitii Amuraoning aytishicha, marvaridni gemmologiya olimlari sertifikatlashlari kerak. Baliqchining o‘ljasi bugun omma e'tiboriga taqdim etildi.

 

Mavzuga oid