Kuvayt olimpiya qo‘mitasi va futbol federatsiyasi rahbariyati iste'foga chiqarildi

Kuvayt hukumati milliy olimpiya qo‘mitasi direktorlari kengashi hamda mamlakat futbol federatsiyasi rahbariyatini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Frans Press xabar bergan.
2015 yilning oktabrida XOK ijroiya qo‘mitasi Kuvayt Milliy olimpiya qo‘mitasini Kuvaytda sport ishlariga davlat tomonidan haddan ortiq darajada aralashuv mavjudligi uchun chetlatgandi. Natijada kuvaytlik sportchilarning bir qismi Rio-de-Janeyro olimpiadasida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida ishtirok etdi.
May oyida FIFA ham Kuvayt futbol federatsiyasini yuqorida keltirilgan sababga ko‘ra chetlatgandi.
Mavzuga oid

10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

11:00 / 12.05.2025
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

14:37 / 03.05.2025