Yamandagi terakt qurbonlari soni 60 nafarga yetdi

Yaman janubidagi Adan shahrida amalga oshirilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sky News Arabia telekanali tibbiyot xodimlari orasidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.
Telekanalning xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi esa terrorchi avtomobilni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiylar to‘planib turgan joyda portlatgan.
Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 45 nafarligi aytilgandi.
Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Adan shahri Yaman prezidentiga sodiq kuchlarning vaqtinchalik poytaxti deb e'lon qilingan edi.
Yamanda hukumat kuchlari va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi qurolli mojaro 2014 yilning avgustidan buyon davom etib kelmoqda.
Mavzuga oid

11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:47 / 07.05.2025