Hindiston shimolidagi ommaviy to‘qnashuvlarda 250 ga yaqin odam jarohat oldi

4 sentabrda Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvi oqibatida deyarli 250 kishi jarohat oldi. Bu yerda 2 oydan beri ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda Tribune gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, eng ashaddiy to‘qnashuvlar Anantnag va Shopian okruglarida yuz bergan, bu yerda yoshlar politsiya bo‘limlari va mahalliy hukumat binolariga tosh uloqtira boshlaganlar. Politsiya bunga javoban metall sharchalar bilan otuvchi pnevmatik qurollardan o‘q uzgan. 100 dan ortiq odam og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Bundan avvalroq Anantnag okrugidagi tartibsizliklar oqibatida politsiya tomonidan otilgan sharcha bir o‘smir boshiga tegib, uning halok bo‘lishiga olib kelgan. Bu oxirgi 2 oy ichida tartibsizliklardan halok bo‘lgan 74-qurbon bo‘ldi. Yakshanbadagi tartibsizliklar o‘smirning o‘limiga javoban sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025