Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaning Domodedovo aeroportidan yo‘lovchilar samolyoti Farg‘onaga uchib keta olmayapti

Moskvaning Domodedovo aeroportida "VIM-Avia" aviakompaniyasi yo‘lovchilari bir kundan ko‘proq O‘zbekistonning Farg‘ona shahriga uchib keta olmayaptilar. Reys 6 sentabr soat 06:00ga belgilangan edi, biroq noma'lum sababga ko‘ra bekor qilingan, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Barcha yo‘lovchilarga samolyot ertasiga ertalab aeroportdan chiqib ketishi aytilgan, biroq reys shu kuni yana bekor qilingan. Aviakompaniyada samolyotning ucha olmayotganiga undagi nosozlik sabab bo‘lgani ma'lum qilingan.
Bugun aeroportning terminallaridan birida bir necha o‘nlab odam yig‘ilgan. Ular Farg‘onaga uchib keta olmayaptilar. Aviakompaniya yo‘lovchilarga tunash uchun mehmonxonadan joy ajratganiga qaramasdan, ular aeroport binosida qolishmoqda va samolyotning uchishini talab qilishmoqda.
Aviakompaniyada yo‘lovchilarga reys 8 sentabr soat 10 da uchishi aytilgan.
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025