Ispaniyada ayol hakam muxlis haqorati tufayli o‘yinni to‘xtatdi

Kataloniya chempionatining ikkinchi divizoni bahsini boshqarishga tayinlangan ayol hakam Marta Galego o‘yinni 3 daqiqaga to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi.
Stadionga tashrif buyurgan muxlislardan biri unga "uyiga qaytib idishlarni yuvish"ni maslahat qilgan.
AS nashri xabariga ko‘ra, «Vals» va «Kambrils Unio» bahsini boshqargan hakam qichqiriqni eshitgach, o‘yinni to‘xtatib qo‘ygan va bezori muxlisdan stadionni tark etishni so‘ragan.
Shundan so‘ng muxlislar Galegoning qarorini olqishlay boshlashgan. Bezori muxlis hakamning so‘zlarini bajargach, o‘yin davom ettirilgan.
Bu holat Kataloniya futbol federatsiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid

15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi

11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi

07:10 / 09.08.2024
Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan siyosatchi boshqaradi

10:40 / 22.06.2024