Tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC qovurilgan kalamush ishi bo‘yicha o‘z xodimlarini oqladi

Tez ovqatlanish shaxobchalari tarmog‘i KFC’da qovurilgan kalamush bilan bog‘liq ichki tergov ma'lumotlari ma'lum bo‘ldi. Manbalarning aytishicha, tarmoq rahbariyati o‘z xodimlarining bu voqeaga aloqadorligini inkor qilishga qaror qilgan.
Voqea moskvalik Oleg Ponyatskiy bilan yuz bergan. Erkak "Prints plaza" savdo markazidagi KFC shaxobchasida tamaddi qilishga qaror qilgan hamda "tsezar" salati, sendvich, qahva va strips (tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taom) buyurtma qilgan. Biroq unga tovuq o‘rniga qovurilgan kalamush berilgan.
"Fotosuratlari chop etilgan joyni aniqlashning iloji bo‘lmadi. Agar surat sinchiklab o‘rganilsa, kafe yopiq bo‘lgani haqidagi xulosaga kelish mumkin", deb aytdi restoran rahbariyati.
Tarmoq rahbariyati yuz bergan voqeani ig‘vo deb topgan. Ularning aytishicha, KFC’da o‘rnatilgan qat'iy standartlar bunday noxush voqea bo‘lishiga imkon berishi mumkin emas.
Mavzuga oid

11:48 / 06.01.2023
Kelayotgan shanba kuni! Yangi KFC Beruniy restoranimizning tantanali ochilishi!

11:00 / 23.12.2022
KFC Sergeli Drive’ga xush kelibsiz!

13:41 / 18.04.2022
Kech kelgan muvaffaqiyat: 40 joyda ishlab, keksayganda jahonga mashhur bo‘lgan tadbirkor

11:13 / 26.08.2021