Britaniya TIV rahbari Usmoniylar sulolasiga mansub ekanligini yodga soldi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Anqaraga tashrifi chog‘ida o‘z uyida Turkiyada ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinasidan foydalanishi va uning xizmat ko‘rsatishidan juda mamnun ekanligini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Bizda bo‘lishishimiz mumkin bo‘lgan ko‘p narsalarimiz bor. Turkiyada har yili 2 million ingliz fuqarosi dam oladi. Umid qilamanki, ular bu yerda o‘zlarini yaxshi tutishmoqda. Bizning ham omadimiz chopgan: Birlashgan Qirollikda biz Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanish imkoniga egamiz. Men o‘z uyimda turk rusumidagi kir yuvish mashinasini qo‘llayman. U haqiqatdan ham yaxshi ishlaydi", - dedi Jonson jurnalistlarga.
Jonson Usmoniylar sulolasiga mansub ekanligini yodga soldi va "o‘z ajdodlari zaminida turganidan baxtiyor" ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi

20:30 / 17.05.2025