Aston Martin 1,7 million dollarlik ilk yaxtasini namoyish etdi

Quintessence Yachts va Aston Martin kompaniyalari dizaynerlari jamoasi uzunligi 37 fut (11 metrdan uzunroq) keladigan, eng yuqori tezligi soatiga 93 kmni tashkil etuvchi AM37 yaxtasini namoyish etdi. Motorli qayiqning narxi — 1,3 mln funt sterling (1,7 mln dollar)ga baholanmoqda.
Avtomobil ishlab chiqaruvchining bunday yangi sohaga urinishi, kompaniyaning o‘tgan yildagi yirik zararlari bilan bog‘liq. Aston Martin o‘tgan yili 128 mln funt sterlingni yo‘qotgan edi. Qayd etilishicha, joriy yilda kompaniya beshinchi yildirki zarar ko‘rmoqda. Biroq, Aston Martin 2018 yildan daromad ko‘rishni boshlashga ishonayapti.
Yaxta sakkiz nafargacha kishini bortiga olishi mumkin. Kompaniya esa ularga mutlaq qulaylikni va'da qilmoqda.
Mavzuga oid

14:58 / 25.06.2025
Xitoy O‘zbekistonga eski mashina nomi ostida yangi mashinalar yetkazib bermoqda – OAV

21:16 / 23.01.2025
Tarixdagi eng tezkor Cadillac taqdim etildi

15:23 / 12.12.2024
O‘zbekiston va Polsha avtomobilsozlikda yangi loyihalarni muhokama qilyapti

22:19 / 18.10.2024