Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yuventus” 5 daqiqa ichida “Empoli” darvozasini uch bor ishg‘ol qildi va yirik g‘alabaga erishdi

Italiya A Seriyasining 7-turida “Yuventus” jamoasi navbatdagi g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalarga to‘p kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Paulo Dibala “Yuve”ning birinchi golini urgan bo‘lsa, keyinchalik Gonsalo Higuain katta sahnaga chiqdi. U uch daqiqa ichida ikki bor “Empoli” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Shunday qilib, “Yuventus” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va peshqadamlikni mustahkamladi.
“Empoli” – “Yuventus” 0:3
Gollar: 0:1 – 65 Dibala, 0:2 – 67 Iguain, 0:3 – 70 Iguain.
“Empoli” – Skorupski, Bellushi, Paskual, Dzambelli, Chosich, Telo (Mchedlidze, 67), Mauri, Krunich (El-Xadji, 73), Kroche, Puchcharelli, Makkarone (Marilungo, 60).
“Yuventus” – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali, Pyanich (Sturaro, 82), Xedira (Lemina, 61), Ernanes, Kuadrado, Higuain, Dibala (Pyatsa, 73).
Ogohlantirishlar: Ernanes (50), Paskual (62), Mauri (69).

Mavzuga oid

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba

14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari

17:00 / 19.10.2024