Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram’ning yangi versiyasida o‘yin o‘ynash imkoni paydo bo‘ldi

Telegram messenjerida HTML5 bazasidagi o‘yinlar uchun platforma paydo bo‘ldi. Bu haqda servis blogida xabar berildi.
O‘yinlar bot yordamida yaratiladi. O‘yin botga murojaat qilish yoki istalgan chat orqali ishga tushiriladi.
Ilk o‘yinlarni @Gamebot boti orqali topish mumkin. Telegram vakillarining ta'kidlashicha, o‘yinlar asosini musobaqalashish tashkil etadi. Har bir chatda alohida reyting bo‘ladi va u vaqti-vaqti bilan yangilanib, yetakchilar haqida xabar berib boradi.
Hozirda foydalanuvchilar uchun 30ta o‘yin mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi Gamee studiyasi tomonidan yaratilgan.
Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘yinlarni iPhone 4 va undan yangi smartfonlarda, shuningdek, Android 4.4 platformasi hamda undan keyingilarida o‘ynash mumkin bo‘ladi. Buning uchun smartfonda Telegram messenjerining 3.13 versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Hozirda messenjerning so‘nggi versiyasi faqatgina Google Play do‘konida mavjud. Tez orada u App Store’da ham paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

19:19 / 24.06.2025