"Honda" birinchi marta 3D-printer texnologiyasi qo‘llangan avtomobilini namoyish qildi

"Honda" kompaniyasi kuzov detallari 3D-printerda bosilgan ilk avtomobilni namoyish qildi. "Kabuku" texnologiya firmasi bilan hamkorlikda yaratilgan prototip premerasi Yaponiyada CEATEC-2016 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Yengil quvurli karkasda qurilgan avtomobilda faqatgina haydovchi uchun joy bor. Kuzovning orqa qismida kichik yukxonaga ega mashina kurerlik xizmatlariga mo‘ljallangan.
"Honda" va "Kabuku"da 3D-bosma texnologiyasi ishlab chiqarish jarayonini arzonlashtirishi va tezlashtirishi, shu bois prototip "seriyali ishlab chiqarish uchun ayni muddao" ekanligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

20:05 / 20.01.2025