Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lola Karimova Tillayeva otasi qabrini ziyorat qilishi chog‘ida ro‘y bergan holat haqida yozdi

Foto: Instagram/ @lola_tillyaeva
Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev 8 oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda Lola Karimova Tillayeva Instagram’dagi sahifasida yozgan.
U ziyorat davomida yuz bergan holat haqida hikoya qilgan.
«Bugun turmush o‘rtog‘im va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. O‘sha damlarda qalbimizdan kechgan hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyindir. Qo‘limdagi gulga kelib qo‘ngan oq kapalakni biz dadamlarning u dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qayerda bo‘lmayin, ular hamisha qalbimdalar», — deya izoh qoldirgan Lola Karimova Tillayeva.
Mavzuga oid

15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025