Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov YeI delegatsiyasining yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: mfa.uz
11 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining yangi tayinlangan rahbari, elchi Eduards Stipraysni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Stiprays vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ularga ko‘p qirrali tus berish ikki tomon manfaatlariga mos keladi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025