Ar-Riyod Sanoga koalitsiya samolyoti zarba berganini norasman tan oldi

Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni norasmiy ravishda, o‘zi yetakchilik qilayotgan koalitsiya samolyotlaridan biri Yamandagi motam marosimiga havo zarbasi berganiga iqror bo‘ldi. Bu haqda, Bi-bi-si telekanali xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Buyuk Britaniyaning hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarida ishtirok etish bo‘yicha so‘rovini ma'qullagan. Endilikda, tergovchilar havo zarbasi uchuvchining shaxsiy qarori yoki qo‘mondonlik buyrug‘i asosida amalga oshirilganiga oydinlik kiritishlari lozim.
O‘tgan hafta shanba kuni, 8 oktabrda Yaman poytaxti Sana shahrining xusiylar nazoratidagi hududida bo‘lib o‘tayotgan motam marosimiga berilgan havo zarbasi oqibatida 140 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 525 kishi jabrlangan edi. Isyonchilar fojiada hukumat tomonida kurash olib borayotgan Saudiya yetakchiligidagi arab koalitsiyasini ayblashdi.
Mavzuga oid

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025