AQSh o‘z esminetsi o‘qqa tutilganiga javoban Yaman bo‘ylab zarbalar berdi

Foto: Wall Street Journal
AQSh harbiylari prezident Barak Obamaning topshirig‘i bo‘yicha o‘z kemalarini himoyalash va ularning erkin suzishini ta'minlash maqsadlarida Yaman bo‘ylab "cheklangan miqdorda" zarbalar berdi. Bu haqda Pentagondagi manbaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Hujumlar natijasida nishondagi obektlar yo‘q qilingan. Amerikalik harbiylar "AQShning harbiy kemalariga va tijoriy qatnovlariga bo‘lgan istalgan tahdid yo‘q qilinishi"ni qayd etishgan.
12 oktabr kuni Pentagonning rasmiy vakili Piter Kuk AQSh Yaman qirg‘oqlarida "Meyson" esminetsiga raketa zarbasi berilganiga javob qaytarilishi haqida ma'lum qilgandi.
Shu kuni "Meyson" va uni qo‘riqlayotgan "Pons" kemasiga raketalar orqali zarbalar berilgani haqida xabar qilingandi. Zarbalar aniq bo‘lmagan, talofat ko‘rilmagan.
10 oktabr kuni ham Qizil dengiz suvlarida bo‘lgan "Meyson"ga qarata raketa uchirilgandi.
Bu hujumlar husiychilar nazoratida bo‘lgan hududlardan turib amalga oshirilgani qayd etilgan. O‘z navbatida husiychilar bu hujumga aloqador emasliklarini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid

20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:47 / 07.05.2025