Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Yamalida Mi-8 vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA
21 oktabr kechki payt Rossiyaning Yamal yarimorolida, Purov tumanida Mi-8 vertolyoti falokatga uchradi. Vertolyot bilan aloqa uzilgach, 22 oktabrga o‘tar kechasi uni qidirish bo‘yicha operatsiya boshlangan. Operatsiya davomida vertolyot qulagan joy aniqlangan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Vertolyot qattiq qo‘nishni amalga oshirishi oqibatida undagi 22 kishidan 19 nafari halok bo‘lgan. 3 nafar omon qolganlar og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilganlar.
Hozirga kelib qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakun topgan. "Voqea joyida 19 kishi jasadi topilgan. Vertolyot qulagan joydan 3 kishi shifoxonaga olib ketilgan", deb ma'lum qilindi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligida.
Tergovchilar aviafalokatning uchta asosiy sababini ko‘rib chiqishmoqda: parvoz qoidalari buzilishi, texnika ishlamay qolishi va noqulay ob-havo sharoitlari.
Mavzuga oid

17:01 / 01.01.2025
Ukraina tarixda ilk bor dengiz droni bilan Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Bu qanday uddalandi?

10:16 / 23.01.2024
Navalniy 25-marta jazo kamerasiga yuborildi

14:08 / 11.01.2024
Navalniy birinchi marta Yamaldagi koloniyadan video-aloqa orqali chiqish qildi

22:29 / 17.11.2023