Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh harbiy razvedkasining byudjyetini e'lon qildi

Foto: © AFP
AQSh mudofaa vazirligi o‘z harbiy razvedkasining 2016 yildagi byudjyeti miqdorini oshkor qildi, deya xabar qilgan Pentagon matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, 30 sentabrda yakunlangan 2016 moliya yilida harbiy razvedka ehtiyojlari uchun 17,7 mlrd dollar mablag‘ ajratilgan.
Pentagon qaroriga ko‘ra, «bu raqamni oshkor qilish harbiy razvedka dasturi doirasida maxfiy faoliyat yuritishga xalaqit bermaydi». Shu bilan birga, «dasturga oid boshqa ma'lumotlar va tafsilotlari oshkor qilinmaydi, chunki ular milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan maxfiylashtirilgan».
Mavzuga oid

11:27
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

07:48
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi

21:23 / 15.07.2025