Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyaga apelsin yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: Getty Images
Rossiyaga turk sitrus mevalarining yetkazib berilishiga o‘tgan hafta start berildi. Bu haqida 1 noyabr, seshanba kuni Turkiya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vazirligining matbuot kotibi Umar Ekshi xabar berdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Tsitrus mevalarining Turkiyadan Rossiyaga yetkazilishi o‘tgan haftada yo‘lga qo‘yilgan", - dedi matbuot kotibi.
Joriy yilning oktabridan 2017 yilning martiga qadar Turkiya Rossiyaga 600 ming tonnadan ortiq sitrus mevalari yetkazib berishni rejalashtirgan. Bu haqida turk sitrus mevalari importi bilan shug‘ullanuvchi guruh prezidenti Ali Kovak "Interfaks"ga ma'lum qildi.
Bunga qadar Turkiyaning Rossiya sitrus bozoridagi ulushi 34,5 foizni tashkil qilgan. Rossiya aholisi yiliga 1,6 million tonna sitrus meva iste'mol qiladi. "Agar bunga uzum, anor, pomidor va boshqa mahsulotlarni qo‘shsak, 60 foizdan ortiq meva-sabzavot mahsuloti Turkiya tomonidan yetkazib berilgan, deyishimiz mumkin", - deydi Kovak.
25 oktabrda Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari Vladimir Bulavin yaqin kunlarda Turkiyadan sitrus mevalarining yetkazib berilishi boshlanishini aytgandi.
Mavzuga oid

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025