Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: O‘zbekiston hayotida bir davr o‘tdi

Foto: Facebook / Sherzod Kudratkhodjaev
2016 yilda og‘ir judoliklar ko‘p bo‘ldi. Avvaliga o‘zbek adabiyotidagi 2 zabardast shoirdan biri, «O‘zbegim» qasidasi muallifi Erkin Vohidov, keyin O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, millat otasi Islom Karimov, kecha esa mustaqil O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov birin ketin dorilbaqoga rihlat qildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi, o‘z vaqtida prezident matbuot kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida ushbu uch siymo bilan birga tushgan suratini joyladi.
"Uchalalari ham abadiyatga daxldor ishlarni amalga oshirishdi. Tiriklik chog‘laridayoq o‘zlariga haykal qo‘yishdi. Ularning joylari jannatu firdavs bog‘laridan bo‘lsin, Omin!", deya izoh berilgan bu tarixiy suratga.
Qayd etish kerakki, bu shaxslar O‘zbekistonning mustaqilligi uchun intilgan, mustaqil O‘zbekistonning ilk odimlarida yelkadosh bo‘lgan, qariyb tengdosh qahramonlar edi.
Mavzuga oid

15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

21:59 / 21.03.2025
“Prezident safardaligida otamni yo‘qotmoqchi bo‘lishgan” - yaqinlari Abdulla Oripov haqida

11:14 / 21.03.2025