Qozog‘istonda to‘y korteji tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi

Qozog‘istonning Oqto‘besida to‘y korteji yo‘lda harakatlanishga to‘sqinlik qilib, tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagan. Tez yordam mashinasida yorug‘lik signallari yoqiq bo‘lgan, biroq sirenasi ishlamagan. Ko‘rinishicha, baxtiyor yoshlar tez yordam mashinasini sezmay qolishgan.
"Mana bugun to‘y korteji shu tariqa tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormadi. Migalka yoqiq bo‘lgan, biroq sirena ishlamagan. Hurmatli haydovchilar, tez yordam mashinasini o‘tkazib yuboring va qiyinchiliklar yaratmang!", deb chorladilar rolik chop etilgan ZELLO AKTOBE sahifasi ma'murlari Instagram’da.
Videodan ko‘rinishicha, video tez yordam mashinasi ichidan olingan.
To‘y kortejining bu "qilmishi" ko‘pchilik tomondan tanqidga uchradi. To‘y kortejlarining o‘zboshimchaligidan "to‘ygan" foydalanuvchilar ularni "kurakda turmaydigan so‘zlar" bilan koyib ketishgan.
O‘z navbatida sahifa ma'murlari bunday voqealar ortidan kuzatib, qoidabuzarlar tez yordam mashinalarini o‘tkazmagan roliklarni chop etishga va'da berdilar. Ular shu tariqa tez yordam shifokorlarining og‘ir ishlarida ozgincha bo‘lsa ham o‘z yordamlarini bermoqchilar.

Mavzuga oid

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

20:58 / 03.02.2025
2024 yilda tez yordamga yolg‘on chaqiriqlar soni kamaygani qayd etildi

19:11 / 05.12.2024
“Bitta brigada kuniga 25 tagacha chaqiriqqa chiqyapti” - Tez yordam qishda qanday ishlayapti?

18:27 / 20.11.2024