LG: TrueSteam tizimi bilan na suv va na kir yuvish kukuni kerak!

LG kir yuvish mashinalarining bir qator yangi modellari qanday qilib TurboWash tizimi tufayli ekspress-tozalikka erishishi haqida ma'lumot bergan edik. Bugun TrueSteam funksiyasiga kiritilgan maxsus imkoniyatlar, oddiy til bilan aytganda, “haqiqiy bug‘”ni ko‘rib chiqamiz.
Vaqt ziq – ishlar, biznes, uchrashuvlar. Uyga birrov - tushlik qilish va yuvinish uchun keldingiz. Har biriga 20 daqiqadan vaqt ketadi. Qo‘l ostingizda TrueSteam funksiyali LGF14U2 yangi avlod kir yuvish mashinalari turganda soatning uchdan bir qismi – u qadar kam vaqt emas. LGF14U2 kir yuvish mashinasiga kiyimlaringizni solib, «Quruq tozalash» rejimini yoqing va qolgan 20 daqiqani istaganingizdek sarflang. Bunda sizga na suv va na kir yuvish kukuni kerak bo‘ladi! Qaynoq suv bug‘lari har qanday hid, g‘ijim va boshqa yoqimsiz elementlarni bartaraf etadi. To‘laqonli ekspress-kimyoviy tozalash tizimi – endi uyingizda.
Kir yuvilgandan keyin yoqimsiz kosmetik hidlar va qandaydir noqulaylik paydo bo‘lishi, afsuski, allergiya alomatlaridir. Siz ko‘p kir yuvish kukunlaridan foydalanib ko‘rishingiz mumkin, lekin to‘liq talablaringizga javob beradiganini topish - qiyin masala. LGF14U2'dan foydalansangiz, kir yuvish vositalarining oila a'zolaringizdan biriga salbiy ta'sir qilishi mumkinligi haqida o‘ylab o‘tirmaysiz. Quruq tozalash vaqtida baraban ichiga tushuvchi qaynoq bug‘ suv bilan aralashib ketadi va kir yuvish vositalari qoldiqlarini to‘liq chiqarib tashlaydi, allergiya o‘choqlarini yo‘q qiladi va bakteriyalarni zararsizlantiradi. Yangi kir yuvish mashinasi hech bir matoga ziyon yetkazmaydi. Tabiiy tozalik – TrueSteam’ning asosiy vazifasi.
Tozalangandan keyin kiyimlar yumshoq va mayin bo‘lishini hammamiz bilamiz, biroq o‘sha-o‘sha kimyoviy moddalarga asoslangan konditsionerlardan foydalanish istagi yo‘q. Ana shunday paytlarda LGF14U2 sizga munosib taklif beradi – «Bug‘ bilan yumshatish» rejimi. Matoga chuqur kirib borishi tufayli bug‘ unga dastlabki – tana uchun mayin va yoqimli tuzilmasini qaytaradi.
LG kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan TrueSteam tizimi nafaqat maishiy foydalanish darajasida, balki mustaqil labaratoriya sinovlarida ham ko‘p marotaba o‘z samaradorligi va xavfsizligini tasdiqladi. Xususan, bug‘ funksiyali kir yuvish mashinalarining barcha seriyalari Rossiya bolalar allergologlari va immunologlari assotsiatsiyasi hamda Britaniyaning allergiya bilan kurashish fondining muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi.
LG internetda
Facebook
Instagram
LGblog.uz
Mover.uz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 21:23
-
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi
Jahon | 21:15
-
Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi
Jahon | 20:55
Mavzuga oid

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

15:24 / 28.03.2025