Nyu-Hempshirdagi ovoz berishlar yakunlariga ko‘ra Tramp oldinda bormoqda

Foto: Reuters
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp Nyu-Hempshir shtatidagi 3ta aholi punktida ovoz berishlar yakunlangan vaqtda birinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqda Tramp shtabining rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.
3ta punktda ovoz berish yakunlangan vaqtda Tramp 32 ovozga, uning asosiy raqibi, Demokratik partiya vakili Hillari Klinton esa 25 ovozga ega edi.
Nyu-Hempshir qonunchiligiga ko‘ra, 100 nafardan kam saylovchilar istiqomat qiladigan aholi punktlari saylov uchastkalarini yarim tunda ochib, ro‘yxatga olingan saylovchilarning barchasi o‘z ovozlarini berib bo‘lgach, darhol yopish uchun ruxsat olishi mumkin.
Bundan oldinroq, Diksvill-Notchdagi ilk saylov uchastkasidagi ovoz berish ishlari yakunlangach, Hillari Klinton ustunlik qilayotgani ma'lum qilingandi.
U Xarts Lokeyshnda ham ustunlik qilgan, ammo Tramp Millsfilddagi ulkan farq evaziga umumiy hisobda oldinda.
Mavzuga oid

11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

11:13 / 23.05.2025