Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj AQSh saylovlaridagi asl g‘olib kim bo‘lishini ma'lum qildi

© AFP 2016/ Steffi Loos
Avval xabar qilganimizdek, sanoqli soatlardan so‘ng, dunyoning yirik davlatlaridan biri AQShning kelgusi to‘rt yildagi siyosatini belgilovchi umumxalq saylovlari yakunlanadi. Shu munosabat bilan, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj ham saylovlar borasida fikrini bildirdi. Uning aytishicha, AQShdagi prezidentlik saylovi natijalari qanday bo‘lishidan qat'inazar g‘olib Amerika xalqi bo‘ladi.
"2016 yilgi AQSh prezidentligi saylovi natijasi qanday bo‘lishidan qat'inazar Amerika jamoatchiligi g‘alaba qozonadi. U bizning mehnatimiz orqali ko‘p narsani bilib oldi", — deyiladi Assanj bayonotida.
U, shuningdek, Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi shtabi rahbari Jon Podesta shaxsiy maktublarining e'lon qilinishi "saylov natijalariga ta'sir etish istagi" bilan izohlanmasligini aytgan. "Respublikachilar va demokratlar nomzodlari ham fosh qiluvchilarga nisbatan o‘zlarining noroziliklarini birdek ko‘rsatishdi", — degan Assanj.
Dunyoga mashhur yana bir fosh qiluvchi, Amerika razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snouden, o‘z navbatida, barchani ovoz berishda ishtirok etishga chaqirgan.
"Bugun siz ertangi kunni qurasiz", — deb yozgan Snouden Twitter sahifasidagi mikroblogida.
Mavzuga oid

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

19:14 / 08.07.2025
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eron va Suriya mavzulari - Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?

19:06 / 08.07.2025
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

15:21 / 08.07.2025