Saylovda Tramp ustunlik qilayotgani haqidagi xabarlar Osiyo fond birjalari indekslarini keskin tushirdi

Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida yetakchilik qilayotgani haqidagi xabarlar jahon fond bozorlarini tushkunlikka tushirdi. Investorlar Klintonning g‘alabasiga ishonch bildirgan edi.
Osiyo-Tinch okeani hududidagi asosiy fond maydonlari (ATR) Trampning ustunligi haqidagi xabarlar ortidan quladi. Bu borada Yaponiyaning Nikkei 225 birjasida eng yomon natijalarni qayd etgan - 5 foizlik tushish (16380,31 punktgacha).
Shanxay fond birjasida (Shanghai Composite) indeks 1,32 foizga tushgan (3106,23 punkt), Shenchjendagi (Shenzhen Composite) birjada 1,39 foizlik pasayish (2051,62 punkt). Hongkongdagi Hang Seng Index indekslari 2,82 foizga (22262,74 punkt), Koreyadagi KOSPI — 2,92 foizga (1944,63 punkt), Avstraliyadagi S&P/ASX 200 — 2,04 foizga (5150,60 punkt) pasaygan.
Shuningdek, Dow Jones indeksi 3,5 foizga, S&P 500 esa 4,26 foizga, Nasdaq indeksi esa 4,1 foizga pasaydi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tramp hal qiluvchi Florida, Ohayo va Shimoliy Karolina shtatlarida ustunlik qilmoqda.
New York Times prognozlariga ko‘ra, respublikachilar nomzodining g‘alaba uchun imkoniyatlari 95 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

09:35
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

11:13 / 23.05.2025