Afg‘onistonlik oila to‘ydan qaytayotib yo‘lda portlab ketdi

Afg‘oniston janubida 7 kishidan, jumladan 3 nafar bolani o‘z ichiga olgan oila yo‘lda o‘rnatilgan mina portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda hukumat ma'lumotiga asoslanib, “Pajvak” agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, portlash Qandahor provinsiyasidagi tumanlardan birida, 9 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan oila a'zolari to‘ydan uyiga qaytayotgan bo‘lgan. Afg‘onistonda harakatlanuvchi hech bir guruh mazkur voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi yil davomida sezilarli ravishda yomonlashdi. Avvallari mamlakatning qishloq hududlariga hujum qilish bilan shug‘ullangan “Tolibon” radikal harakati yirik shaharlarga ham hujum qilishga o‘tdi. Bundan tashqari, mamlakatda IShID terrorchilik tashkiloti ta'siridagi jangari guruhlar paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025